Made for Germany tashabbusi Germaniyaning 2035-yilgacha bo‘lgan investitsiya salohiyatini 4,6 trln dollargacha baholadi
147 ta kompaniya va investorni birlashtirgan Made for Germany tashabbusi Reinventing Growth hisobotini taqdim etdi: uning bahosiga ko‘ra, Germaniya 2035-yilgacha beshta strategik yo‘nalishda — sun’iy intellektdan mudofaagacha — 2,9–4,1 trln yevro investitsiya jalb qilishi mumkin. Tashabbus a’zolari 2025–2028-yillarda 850 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ kiritishni rejalashtirmoqda.
Dilnoza Rahimova
















