Olimlar smartfonlar orasida ma'lumot ko'chirish ilovalaridagi zaifliklarni aniqladi
Graz universiteti Axborot xavfsizligi instituti va Xavfsiz axborot texnologiyalari markazi mutaxassislari yetti brendning yangi telefonga simsiz ma'lumot ko'chirish ilovalarini tekshirdi. Tajribalar davomida tadqiqotchilarga SMS, kontaktlar, fotosuratlar, salomatlik ma'lumotlari, parollar va Wi-Fi kalitlarini ushlash, ayrim hollarda esa o'rnatish fayllarini almashtirib, zararli dasturiy ta'minot yuqish imkoni bo'ldi. Natijalar ESORICS 2026 simpoziumida taqdim etildi; zaifliklar xabardor qilishdan keyin bartaraf etildi.

















