Turkiyada sentabrda ishsizlik 8,4 foizga ko‘tarildi
Turkiya statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, sentabrda ishsizlik darajasi 0,5 foiz punktga o‘sib, 8,4 foizga yetdi. Ishsizlar soni 198 ming kishiga ko‘payib, 2,97 millionga chiqdi, band bo‘lganlar soni esa 49 ming kishiga kamayib, 32,45 millionga tushdi. Yoshlar orasida ishsizlik ayniqsa sezilarli o‘sdi — 14,8 foizga yetdi.
Aziz Karimov
















