Toshkentdagi onkobemorlar imtiyozli elektron yo‘nalishlar bilan bog‘liq qiyinchiliklardan shikoyat qilmoqda; Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi javob berdi
«Gazeta» tahririyatiga Toshkentdagi onkologik bemorlarning DMED elektron tizimiga o‘tishdan keyin Respublika onkologiya va radiologiya markaziga imtiyozli yo‘nalish rasmiylashtirishda yuzaga kelgan nosozliklar haqidagi murojaatlari kelib tushdi. Markaz bepul davolanish to‘xtatilmaganini, faqat yo‘nalish tartibi o‘zgarganini izohlab berdi. Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bemorlar o‘z vaqtida tibbiy yordam olishi kerakligini, moliyalashtirish ko‘rsatilgan xizmatlar asosida amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Javlon Tursunov
















