O‘zbekistonda muqim harbiylar xizmat muddatini respublika kitob o‘qish tanlovida o‘rinlar uchun bir oyga qisqartirish taklif qilindi
2026-yil 13-oktyabrda O‘zbekiston Qonunchilik palatasi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Loyiha «Ma’naviyat qalqoni» respublika kitob o‘qish tanlovida sovrinli o‘rinlarni egallagan muqim harbiylar uchun xizmat muddatini bir oyga qisqartirish hamda harbiy oliy o‘quv yurtlari, jumladan xorijiy bitiruvchilari bilan yangi shartnomalar tuzishning huquqiy asoslarini nazarda tutadi.
Aziz Karimov













