Nafaqadagi generallar amerikalik harbiyning qatlini jonli efirda ko‘rsatishni bekor qilishni so‘radi
Nafaqadagi amerikalik generallar guruhi prezident va Kongressga murojaat qilib, 2009-yilda Fort-Xud bazasida 13 kishining hayotini olib ketgan otishma uchun o‘limga hukm qilingan Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko‘rsatishni bekor qilishni so‘radi. Qatl 2026-yil 3-dekabrga rejalashtirilgan. CBS News ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp hali yakuniy qarorni qabul qilmagan.
Aziz Karimov














