Rossiya zarbalaridan so‘ng Vinnitsa yorug‘liksiz qoldi, jabrlanganlar orasida bolalar bor
Vinnitsa meri Sergey Morgunov shahar 17-oktyabr ertalab Rossiya zarbasidan so‘ng elektr energiyasisiz qolganini ma’lum qildi. Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Zaporijjya viloyatida kamida besh kishi, jumladan bir bola jabrlangan; Xarkovda — 15 kishi, ulardan uchtasi bola. Ukraina Harbiy-havo kuchlari to‘rtta «Kalibr» va 289 dron urib tushirilganini ma’lum qildi.
Otabek Yusupov















