Kiyevga raketa zarbasi natijasida 21 yoshli qiz halok bo‘ldi, metro shikastlandi
Kiyev 18-oktyabr oqshomi ballistik raketa bilan hujumga uchradi. Mer Vitaliy Klichko ma’lumotiga ko‘ra, shaharning bir necha tumanida binolar va Dneprning chap qirg‘og‘idagi metro bekati shikastlangan, u yerda parchalar urib relslar uzilgan. 21 yoshli qiz halok bo‘lgan.
Otabek Yusupov















