Anthropic IPO arizasida sun’iy intellektning «falokatli yoki mavjudotga tahdid soluvchi» xavflari haqida ogohlantirdi
Claude modeli ishlab chiqaruvchi Anthropic kompaniyasi rejalashtirilgan IPO oldidan AQSh qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyasiga (SEC) topshirilgan ro‘yxatga olish arizasida o‘z texnologiyalari «insoniyat uchun falokatli yoki mavjudotga tahdid soluvchi xavflar» yaratishi mumkinligini qayd etdi. Hujjatning 90 sahifadan ortig‘i xavf omillariga bag‘ishlangan.
Madina Usmonova
















