Istanbulda GO! GLOBAL Türkiye’ning uchinchi sammiti ochildi: kapitali $800 mlrddan oshiq investorlar va turkiyalik startaplar
GO! GLOBAL Türkiye’ning uchinchi sammiti Istanbulda ochildi va uch kun davom etadi. Tashkilotchilar — DEIK, TAIK kengashi va Endeavor Türkiye. Kapitali jami $800 mlrddan oshiq 50 dan ortiq investitsiya firmasi, 250 startap asoschisi va 900 ishtirokchi kutilmoqda. Dasturda 200 dan ortiq oldindan kelishilgan uchrashuv, vazirlar hamda Uber, OpenAI, Google DeepMind va boshqa kompaniyalar vakillarining chiqishlari bor.
Sevara Azamova






