O‘zbekistonda gazlashtirilmagan hududlar uchun bazaviy elektr energiyasi normasini 500 emas, nima uchun 350 kVt·soatgacha oshirish taklif etilgani izohlandi
Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Xurshid Mustafayev 14-oktabr kuni matbuot anjumanida isitish mavsumida bazaviy elektr energiyasi iste’moli normasini 200 dan 350 kVt·soatgacha oshirish taklifini tushuntirib berdi: tahlil ma’lumotlariga ko‘ra, gazlashtirilmagan hududlar aholisining 60 foizi qishda 300 kVt·soatgacha elektr iste’mol qiladi. Yangi norma gazsiz qolgan qariyb 4 mln xonadon va gaz ta’minoti beqaror bo‘lgan 600 mingdan ortiq xonadonga ta’sir qiladi. 500 kVt·soat varianti bo‘yicha qiyosiy hisob-kitoblar taqdim etilmadi.
Nilufar Karimova
















