Iqtisodiyot va moliya vazirligi isitish tariflarining inflyatsiyadan yuqori indeksatsiyasi uchun 10% li chegarani tushuntirdi
Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Xurshid Mustafayev 2028-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda markazlashgan isitish tariflari inflyatsiyani hisobga olgan holda, lekin 10% dan oshmaydigan miqdorda har yili indeksatsiya qilinishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy inflyatsiyaga qattiq bog‘lash iqtisodiy vaziyat o‘zgarganda mexanizmni qayta ko‘rib chiqishni talab qilardi. Xuddi shunday mexanizm 2026-yil boshidan boshlab elektr energiyasi va gaz tariflariga ham qo‘llanilmoqda.
Dilnoza Rahimova
















