Erkinjon Turdimov O‘zbekistonning birinchi vitse-premyeri — fan va ta’lim vaziri etib tayinlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktabrda Vazirlar Mahkamasining tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi va birinchi vitse-premyer — fan va ta’lim vaziri lavozimini joriy etdi. Bu lavozimga Sirdaryo viloyatining sobiq hokimi Erkinjon Turdimov tayinlandi. U ta’lim, fan va sog‘liqni saqlash sohalaridagi idoralar faoliyatini, shu jumladan viloyat hokimlarini muvofiqlashtiradi. Vazirlar Mahkamasida 12 kishilik kotibiyat tashkil etiladi, boshqaruv xodimlarining umumiy soni 243 kishi etib belgilandi.
Otabek Yusupov
















