O‘zbekistonda nasos stansiyalari energiya tejashga xususiy investitsiyalar jalb etiladi va elektrotarmoqlarda xususiy ishtirok kengaytiriladi
Shavkat Mirziyoyev TEB investorlari bilan uchrashuvda ijtimoiy obyektlar va nasos stansiyalarini energiya samaradorligi asosida modernizatsiya qilishga xususiy kapital jalb etish rejalari haqida ma’lum qildi. 10 yillik soliq imtiyozlari Soliq kodeksida aniqlashtiriladi, Samarqand tajribasi asosida tarmoqlarni xususiy operatorga topshirish amaliyoti Jizzax va Toshkent viloyatlariga yoyiladi.

















