Vatikandagi Ukraina elchisi Rossiyani «asosan musulmon mamlakati» deb atadi
Vatikandagi Ukraina elchisi Andrey Yurash «Apostrof» nashriga bergan intervyusida Rossiyada faol pravoslavlar go‘yo 1,5–2 foizdan oshmasligini, musulmonlar esa ko‘proq ekanini aytdi. «Vedomosti» yozgan Muqaddas Tixon universiteti so‘rovi boshqa raqamlarni beradi: 65 foiz pravoslav va 9 foiz musulmon.
Aziz Karimov
















