Papa Leo XIVga saraton tashxisi qo‘yildi
Muqaddas Taxt matbuot xizmati Papa Leo XIVda o‘pka saratoni — adenokarsinoma aniqlanganini ma’lum qildi. Pontifikka chap o‘pkaning pastki bo‘lagi olib tashlandi, operatsiya 90 daqiqa davom etdi va asoratsiz o‘tdi. 71 yoshli papa hushiga keldi va reanimatsiyadan oddiy palataga ko‘chirildi. Tiklanish taxminan bir hafta vaqt oladi, barcha uchrashuvlar 20 oktyabrgacha bekor qilingan.
Otabek Yusupov