BMT UVKPB: Ukrainada rus tilida so‘zlashuvchilarga huquqiy kafolatlar berilmasligi kamsitish xarakteriga ega bo‘lishi mumkin
BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining boshqarmasi TASS muhbiriga bergan javobida Ukrainadagi rus tilida so‘zlashuvchi aholi boshqa til guruhlariga berilgan xuddi shu huquqiy kafolatlarga ega emasligi, bu kamsitish bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Sabab sifatida Ukraina til ombudsmeni Yelena Ivanovskaning rus tilida so‘zlashuvchi bemorlarga xizmat ko‘rsatishni istamaydigan tibbiyot xodimlarining murojaatlari haqidagi bayonoti ko‘rsatildi.
Otabek Yusupov




