Niderlandiya sun'iy intellekt yordamida deyarli 25 ming davlat xizmatchisini qisqartirishni rejalashtirmoqda
Niderlandiya hukumati sun'iy intellektni faol joriy etish orqali davlat sektorida deyarli 25 ming ish o'rnini tugatishni niyat qilmoqda. 26-oktyabrdagi rasmiy maktubga ko'ra, 2035-yilga kelib yillik tejam 3,5 milliard yevroga, 2027-yilga kelib esa 900 million yevroga yetadi. Qisqartirishlar politsiya va mudofaaga tegmaydi, balki vazirliklar, inspeksiyalar va agentliklarga taalluqli bo'ladi.
Otabek Yusupov




