Eron Oliy sudi yonayotgan do‘koni videoga olgani uchun ayblangan Leyla Abulhasanining o‘lim jazosini bekor qildi
Eron Oliy sudi yanvardagi namoyishlar ishi bo‘yicha avgust oyida «Xudoga qarshi kurash»da ayblanib o‘lim jazosiga hukm qilingan 43 yoshli Leyla Abulhasanining o‘lim jazosini bekor qilib, ishni qayta ko‘rib chiqishga qaytardi. Inson huquqlari himoyachilari uning faqat yonayotgan do‘koni videoga olganini ta’kidlaydi.
Aziz Karimov








