Global isish Shveytsariya tog‘ boshpanchalariga tahdid solmoqda: SACning 152 boshpanchasidan 65 tasi xavf ostida
Doimiy muz qatlamining erishi va muzliklarning chekinishi Shveytsariya Alp tog‘larini beqarorlashtirmoqda: Swiss Info ma’lumotlariga ko‘ra, Shveytsariya Alp klubining 152 boshpanchasidan 65 tasi potensial xavfli hududlarda joylashgan. Klub binolarni ko‘chirishga va himoya choralariga millionlab mablag‘ sarflashga majbur; Mutthorn boshpanchasi 2021-yilda yopilgan, uni 2025-yil yozida demontaj qilish 480 ming dollardan ko‘proq mablag‘ talab qildi.
Otabek Yusupov


