Xusiylar Adendagi prezident saroyi majmuasiga raketalı hujum qildi: ikki kishi halok bo'ldi
Yemenning Aden shahridagi Maashik prezident saroyi majmuasiga qilingan raketalı hujum natijasida ikki nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi. Majmuada bo'lgan bosh vazir va hukumat a'zolari jarohat olmadi. Yemen axborot vaziri ma'lumotlariga ko'ra, umumiy beshta raketa otilgan; xusiylar hujum maqsadi saudiyalik harbiylar qo'mondonligidagi obyektlar bo'lganini ma'lum qildi.
Otabek Yusupov
















