Omanning Voltamp Energy kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi: quyosh stansiyalari va transformatorlar
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi Investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida omanning Voltamp Energy kompaniyasi boshqaruv raisi Sayyid Aymon al-Busaydi bilan uchrashdi. Tomonlar kompaniyaning amaldagi va yangi loyihalarini «yo‘l xaritasi» asosida amalga oshirish haqida kelishib oldi; asosiy mavzular — quyosh fotovoltaik elektrostansiyalarini qurish va yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish.

















