O‘zbekistonda gadolikchilik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi
O‘zbekistonda gadolikchilik va boshqa shaxslarni bu faoliyatga jalb qilish uchun jarimalar kuchaytirildi. O‘zgarishlar bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun bilan kiritildi. Jamoat joylarida gadolikchilik uchun jarima 1–3 BHM dan 3–5 BHM gacha, voyaga yetmaganlar, keksalar va zaif shaxslarni jalb qilish uchun esa 5–10 BHM dan 10–15 BHM gacha oshirildi. Ikkala holatda ham 15 sutkagacha ma’muriy hibsga olish imkoni saqlanib qoldi.
Otabek Yusupov
















