Yaman qirg‘oqlari yaqinida kichik qayiq LNG tankeriga o‘q otgani haqida UKMTO xabar berdi
Britaniya markazi UKMTO Mukalladan 140 dengiz milya janubi-sharqda kichik qayiqda yetti kishi gaz tankeriga yaqinlashib, ikki marta o‘q otganini ma’lum qildi. Kemaning qurolli muhofazasi ikki ogohlantiruvchi o‘q otgan, shundan so‘ng qayiq yo‘nalishini o‘zgartirgan. Hodisa tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan, tekshiruv davom etmoqda.
Otabek Yusupov

















