Asosiy ma’lumotlar

  • Yanvar–sentabr oylarida işçilar foydasiga deyarli 35 ming xodimga 832 mlrd söm keçiktirilgan iş haqi undirildi
  • 15 mingdan ortiq tekşiruv ötkazilib, 36 mingdan ortiq buziliş aniqlandi; jarimalar 22 mlrd sömni taşkil etdi
  • 15 ta iş vaqtidan taşqari jalb etiş hamda 47 ta majburiy mehnat holati böyiça ma'muriy bayonnoma tuzildi

Mehnat inspeksiyasi töqqiz oyda işçilarga 832 mlrd söm qaytardi

Davlat mehnat inspeksiyasi joriy yilning yanvar–sentabr oylarida işçilar foydasiga keçiktirilgan iş haqidan 832 mlrd söm undirdi — pulni deyarli 35 ming xodim oldi. Bu ma'lumotlarni qaşşoqlikni qisqartiriş va bandlik vazirining birinçi örinbosari Marat Jürayev 28-oktabr kuni Kontent tayyorlaş markazida ötğan matbuot anjumanida e'lon qildi. Hisobot davrida inspeksiya 15 mingdan ortiq tekşiruv ötkazdi, mehnat qonunçiligi buzilişining 36 mingdan ortiğini aniqladi va taxminan 20 ming murojaatni körib çiqdi. Buzilişlarni bartaraf etiş maqsadida iş beruvçilarga yozma majburiy körsatmalar berildi, mansabdor şaxslarga qöllanilğan ma'muriy jarimalarning umumiy summasi 22 mlrd sömni taşkil etdi.

Mehnat qonunçiligi qayerda köproq buziladi

Buzilişlarning asosiy qismi ta'lim, qurişiş, sanoat va qişloq xöjaligi sohalariga töğri keldi. Ularning orasida Yagona milliy mehnat tizimiga ma'lumotlarni notöğri kiritişning 3724 holati, şuningdek, iş haqini tölaşda, xodimlarni öz vaqtida öqitişda, ta'til berişda va iş muhofazasi böyiça yöriqnomalar ötkazişdagi buzilişlar bor. Qonunçilikka rioya qilişni nazorat qiliş uçun inspeksiya bir neçta mexanizmdan foydalanadi: har yili rejalaştirilğan tekşiruvlar grafigi tasdiqlanadi, vazirlik va idoralar uç yilda bir marta tekşiriladi, qurişiş, jamoat ovqatlanişi va qişloq xöjaligi uçun alohida nazorat dasturlari amal qiladi. Bundan taşqari, xavflarni tahlil qilişning elektron tizimi joriy etilğan: buziliş xavfi aniqlanganda iş beruvçiga Yagona milliy mehnat tizimidagi şaxsiy kabinet orqali ogohlantiriş yuboriladi. Inspeksiya har çorakda sohalar böyiça buzilişlar tahlilini infografika kö'rinişida e'lon qiladi.

Iş vaqtidan taşqari mehnat va majburiy mehnat

Matbuot anjumanida jurnalistlar davlat organlari xodimlarini erta tongda, iş kunidan keyin yoki dam oliş kunlarida yiğilişlarga jalb etiş mavzusini kötardi. Marat Jürayevning aytişiça, töqqiz oy içida işçilarni iş vaqtidan taşqari mehnatga jalb etişning 15 holati böyiça ma'muriy javobgarlik çoralari qöllanildi. «Mehnat inspeksiyasining bu masaladagi yondaşuvi qat'iy. Agar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalğan ma'lumot tekşiruvda tasdiqlanmasa ham, lekin bunday vaziyat uçun şaroitlar yaratilğani aniqlansa, hudud rahbarlariga ogohlantiruvçi xatlar yuboriladi», — dedi u. Pedagoglar va başqa mutaxassislarni hududlarni obodonlaştrişi va tozalaşga majburan jalb etiş holatlari böyiça yana 47 iş beruvçi va mas'ul şaxsga nisbatan ma'muriy bayannomalar tuzildi. Vazir örinbosari ma'lumotlariga köra, javobgarlikka tortilğan mansabdor şaxslar orasida tuman va viloyat hokimliklari, vazirliklar va ularning hududiy başqarmalari vakillari bor; davlat organlarida kadrlar xizmati xodimlari ham javobgarlik tortişi mumkin. Qaysi taşkilotlar jarimaga tortilğani haqida Jürayev ma'lumot bermadi.

Iş haqining keçikişi — deyarli butunlay xususiy sektor muammosi

Jürayevning aytişiça, Özbekistonda oylik iş haqi jamğarmasining umumiy hajmi 272 trln sömni taşkil etadi va inspeksiyaga iş haqini undiriş böyiça murojaatlarning taxminan 99 foizi tadbirkorlik subyektlariga tegişli. «Davlat organlari tizimida iş haqining keçikişi deyarli kuzatilmaydi. Ayrim tadbirkorlarda moliyaviy-iqtisodiy qiyinçiliklar tufayli iş haqi keçiktirilğan holda yoki kiçikroq miqdorda tölanişi mumkin», — deb tuşuntirdi u. Bunday hollarda işçilar mablağlarni undirişda amaliy yordam oliş uçun inspeksiyaga murojaat qiladi.

kambagallik va bandlik vazirligi, Marat Jorayev, mehnat inspeksiyasikambagallik va bandlik vazirligi, Marat Jorayev, mehnat inspeksiyasi