Xitoy va KXDR Yalu daryosi ustidagi yangi ko‘prikni 12 yillik tanaffusdan keyin ochdi
To‘rt polosali, uzunligi 3026 metr bo‘lgan Yalu daryosi ustidagi Yangi ko‘prik Dandun va Sinijuni bog‘ladi. Qurilish 2014-yilda yakunlangan, biroq ochilish KXDR tomonida tugallanmagan yo‘llar va bojxona obyektlari hamda pandemiya davrida chegaralarning yopilishi tufayli kechiktirilgan edi. Pekin va Pxenyan savdoni oshirishga umid qilmoqda; ekspertlar KXDRning Rossiya bilan yaqinlashuvi kontekstiga e’tibor qaratmoqda.
Otabek Yusupov






