2030-yilgacha strategiya loyihasi yangi Toshkent aeroportini Shimoliy vokzal bilan temir yo‘l orqali bog‘lashni nazarda tutmoqda
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida 2030-yilgacha temir yo‘l, havo va avtotransportda mahalliy yo‘lovchi tashuvlarini kompleks rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi. Hujjat vokzallar va aeroportlar o‘rtasida temir yo‘l liniyalarini, oltita transport hubini hamda 2028-yildan boshlab «Bir yo‘l» yagona raqamli platformasini nazarda tutmoqda.
Aziz Karimov



