Anqarada Turkiy davlatlar tashkilotining 13-sammiti o‘tkazilmoqda: O‘zbekiston ishtirokchilar qatorida
Turkiya «Turkiy asr: tilda, fikrda va ishda birlik» shiori ostida Turkiy davlatlar tashkilotining 13-sammitini qabul qilmoqda. 29-oktabr kuni Anqarada tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi boshlandi, 30-oktabrda esa O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ishtirokida davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi. Anqara deklaratsiyasi qabul qilinishi, raislikning Ozarbayjondan Turkiyaga o‘tishi va yangi bosh kotib tayinlanishi muhokama qilinishi kutilmoqda.
Otabek Yusupov
