Kostyukov Abu-Dabidagi muzokaralarga Rossiya delegatsiyasi tarkibini oshkor qilmadi
Bosh shtabning Bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostyukov jurnalist Aleksandr Yunashevning Abu-Dabida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Rossiya, AQSh va Ukraina muzokaralarida Rossiya delegatsiyasi tarkibi haqidagi savoliga javob berishdan bosh tortdi. Life.ru ma’lumotlariga ko‘ra, yangi raund noyabr o‘rtalarida bo‘lishi mumkin, delegatsiya tarkibi hozircha tasdiqlanmagan va uni Vladimir Putin belgilaydi.
Otabek Yusupov
















