Qora dengiz dunyodagi eng xavfli kemachilik yo‘nalishi deb e’tirof etildi
Financial Times yozishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush Qora dengizni eng xavfli kemachilik hududiga aylantirgan: 2026-yil boshidan buyon u yerda kamida 40 dengizchi halok bo‘lgan — bu Hormuz bo‘g‘ozidan ko‘p. Harbiy sug‘urta stavkalari kema korpusi qiymatining 15 foiziga yetmoqda, savdo kemalariga zarbalar esa jahonning yoqilg‘i va oziq-ovqat yetkazib berishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Aziz Karimov
















