IMAN Holding 20 mln dollarlik «moliyaviy tuynuk» haqidagi bayonotni rad etib, islohotlar e’lon qildi
IMAN Holdingning sobiq hamkori va islomiy moliya bo‘yicha kengashi raisi sifatida taqdim etilgan Mahmud Usmon investorlar mablag‘laridan foydalanishdagi buzilishlar va qariyb 20 mln dollarlik yetishmovchilik haqida bayonot berdi. Kompaniya bu summani uch xil ko‘rsatkichning birikmasi sifatida tushuntirib, islohotlar e’lon qildi: operativ boshqaruvni almashtirish, Shariat kengashi tuzish va mustaqil auditorlarni jalb etish.
Aziz Karimov
















