Janubiy Koreya Adan qo‘ltig‘idagi otryadining faoliyat zonasini kengaytirishni ko‘rib chiqmoqda — OAV
JoongAng Daily ma’lumotiga ko‘ra, Seul Cheonghae otryadining faoliyat zonasini Ummon qo‘ltig‘igacha kengaytirish va qo‘shimcha dengiz patrul samolyoti, ehtimol P-8A Poseidon yuborish rejasini o‘rganmoqda. Koreya Mudofaa vazirligi bu AQShning qo‘shin yuborish so‘rovi bilan bog‘liq emasligini aytib, tafsilotlar hali tasdiqlanmaganini qayd etdi.

















