O‘zbekistonda yil boshidan buyon firibgarlik sxemalari uchun 43 ming bank kartasi bloklandi
O‘zbekistonda joriy yilda 17 483 kiberjinoyat fosh etildi, 19 mingdan ortiq fuqaroga 209,9 mlrd so‘mdan ortiq zarar qoplab berildi. IIV qabul qilinayotgan chora-tadbirlar hozircha yetarli samara bermayotganini tan oldi. To‘qqiz oyda IIV va Markaziy bankning qo‘shma tizimi 77,3 mlrd so‘mning noqonuniy chiqarilishining oldini olib, 43 001 bank kartasini blokladi. 38 mingdan ortiq fishing dasturi to‘xtatilib, 668 mingdan ortiq fuqaroning qurilmalari va mablag‘lari himoya qilindi. Internet-monitoringda 6 771 xabar o‘rganilib, 3 192 xavfli resurs va 1 446 zararli havola bloklandi. Toshkent shahri va bir qancha viloyatlarda kiberxavfsizlik ishi tanqid qilindi. Xodimlarga banklar bilan hamkorlikni kuchaytirish, antifrod tizimlari va «APK Qo'riqchi» platformasidan foydalanish hamda profilaktik ishlarni faollashtirish topshirildi.
Aziz Karimov
















