Janubiy Kaliforniyada tez tarqalayotgan o‘rmon yong‘inlari uylarni qamrab oldi
Orange okrugidagi Norte yong‘ini San-Klementeda boshlanib, San-Xuan-Kapistrandagi bir nechta qimmatbaho uylarni yo‘q qildi yoki shikastladi. Olov taxminan 465 akr maydonni qamrab olib, ommaviy evakuatsiya e’lon qilindi. Shuningdek, Malibu yaqinida Bryson va Kemp-Pendleton bazasi yaqinida Henderson yong‘inlari davom etmoqda. Kuchli Santa-Ana shamollari, past namlik va 38°C gacha bo‘lgan mavsumdan tashqari issiqlik hafta oxirigacha yuqori yong‘in xavfini saqlaydi; Los-Anjeles okrugida o‘n minglab odamlar profilaktik uzilishlar tufayli elektr tokisiz qoldi.
Otabek Yusupov

















