Makron 17-oktyabrdagi tartibsizliklardan keyin pogromlar uchun javobgarlik haqida va’da qildi
Hayot xarajatlari o‘sishiga qarshi o‘tkazilgan va Fransiyaning yirik shaharlarida pogromlar va talonchiliklarga aylangan norozilik namoyishlaridan so‘ng Emmanuel Makron televideniye murojaatida «Respublikani ag‘darishga urinuvchilar» javobgar bo‘lishini aytdi. 2000 dan ortiq odam hibsga olindi, 600 dan ortiq politsiyachi, jandarm va o‘t o‘chiruvchi jarohatlandi. Muxolifat hokimiyatni turli tomonlardan tanqid qildi.
Otabek Yusupov

















