O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket sakkizinchi kun o‘sib, 11 963,16 so‘mga yetdi
O‘zbekiston Markaziy banki 15-oktyabr uchun valyuta kurslarini belgiladi: dollar 49,81 so‘mga o‘sib 11 963,16 so‘mga, yevro 61,7 so‘mga o‘sib 13 390,36 so‘mga yetdi, rubl esa 0,06 so‘mga pasayib 142,33 so‘m bo‘ldi. Dollar ketma-ket sakkizinchi savdo kuni qimmatlashmoqda; avval u bir kunda 14,26 so‘m qo‘shgan edi.
Dilnoza Rahimova

















