Asosiy ma’lumotlar

  • Uber Dubayda avtonom taksilarni kengaytiriş uçun ikki yil içida 50 mln dollar (184 mln dirham) sarmoya kiritadi
  • Kelgusi yil oxiriga kelib xizmat Downtown Dubai, DIFC, Business Bay, Jumeira va Umm Suqaymni qamrab oladi
  • Birinçi bosqiçda salonida mutaxassis böladi; töliq botsiz rejim regulyator ruxsatidan keyin joriy etiladi

Sarmoya va kengayiş hududlari

Uber Dubayda avtonom taksi xizmatini kengaytiriş uçun yaqin ikki yil içida 184 mln dirham (50 mln dollar) yönaltiriş majburiyatini oldi. E'lon 18–21-noyabr kunlari Emirates Towers va Museum of the Futureda ötkazilayotgan Dubai Future Week 2026 doirasida qilingan bölib, sarmoya haqida amirlik Ijroiya kengaşiga raislik qiluvçi Dubay valiahd şahzodasi Şayx Hamdan bin Muhammadga ma'lumot berilgan.

Yölovçilar uçun nima özgaradi

Reja böyiça kelgusi yil oxiriga kelib botsiz avtomobillar qöşimça turar-joy, tijorat va gavjum hududlarda paydo böladi. Yölovçilar Jumeira va Umm Suqaymda — masalan, Kite Beaç va Madinat Jumeirah örtasida — belgilangan çiqiş va tuşiş nuqtalariga boğlanmasdan «eşikdan eşikka» sayohat qiliş imkoniyatiga ega böladi. Xizmat, şuningdek, Downtown Dubai, Dubay xalqaro moliya markazi (DIFC) va Business Bayga ham yoyiladi.

Töliq botsiz rejimga bosqiçma-bosqiç ötiş

Boşlanğiç bosqiçda har bir avtomobil salonida tizim işini nazorat qiluvçi mutaxassis böladi. Töliq botsiz tijorat yönalişlari keyinroq va faqat regulyator ruxsatidan söng boşlanadi. Sarmoya Dubayning avtonom transport strategiyasini qöllab-quvvatlaydi; u 2030-yilga kelib amirlikdagi barça sayohatlarning 25 foizi avtonom vositalarda amalga oşirilişini nazarda tutadi.

Iştirokçilar bahosi

Dubay yöl va transport boşqarmasi (RTA) raisi va boş direktori Matar al-Tayyer sarmoyani pilot loyihalar va çeklangan faoliyatdan integratsiyalaşgan tijorat xizmatlarining keng joriy etilişiga ötişning muhim qadami deb atadi va keyingi bosqiç ehtiyotkorlik bilan rejalaştirilgan kengayiş, regulyator bazasi hamda infratuzilmani rivojlantirişga qaratilişini ta'kidlagan. Uber global mobillik yönalişi rahbari Pradip Paramesvaran sarmoya kompaniyaning operatsion infratuzilma, mahalliy hamkorliklar va aralaş avtopark ekosistemasi yaratiş böyiça uzoq muddatli majburiyatini aks ettirişini ta'kidlagan. Dubai Future Foundation rahbari Xalfan Juma Belhul bitimda amirlikning davlat-xususiy şeriklik modeli samaradorligi tasdiğini körgan.

Tesla tanlangan mijozlarga özining haydovçisiz Cybercab maşinasini buyurtma qilişni taklif qilmoqda