Uber Dubayda 2027-yilgaça botsiz taksi xizmatini kengaytiriş uçun 50 mln dollar sarmoya kiritadi
Uber Dubay böylab avtonom taksi xizmatini kengaytiriş uçun ikki yil içida 184 mln dirham (50 mln dollar) sarmoya kiritiş majburiyatini oldi. Kelgusi yil oxiriga kelib botsiz avtomobillar turar-joy, biznes va gavjum hududlarda, jumladan Downtown Dubai, DIFC va Business Bayda işlaşi, şuningdek, Jumeira va Umm Suqaymda yölovçilarni «eşikdan eşikka» yetkazişi kerak. Birinçi bosqiçda avtomobil salonida operator-mutaxassis böladi, töliq botsiz tijorat yönalişlari esa regulyator ruxsatidan keyin boşlanadi.
Otabek Yusupov