Asosiy ma’lumotlar
- Dasturga Andijon, Farğona, Namangan va Surxondaryo viloyatlarining 15 tumani kiritilgan
- 18 ming ga örmon va 123 ming ga yaylov tiklanadi
- Iqlim xavflariga çidamliligi oşişi kutilayotgan 342 ming kişining yarmisi — ayollar
Dastur COP31 da taqdim etildi
BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (UNFCCC COP31) doirasida «Markaziy Osiyoning iqlimga çidamli landşaftlari» (CLiCA) mintaqaviy dasturini joriy etişga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi Gazeta.uz. Dastur Yaşil iqlim jamğarmasi, Germaniya hukumati, Xalqaro hamkorlik uçun Germaniya jamiyati (GIZ) va Yevropa investitsiya banki kömagida işlab çiqilgan; unda Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston qatnaşmoqda.
Özbekiston uçun nimalar nazarda tutilgan
Dasturni amalga oşiriş uçun Özbekistonda Andijon, Farğona, Namangan va Surxondaryo viloyatlarining 15 tumani tanlandi, bu yerga 103,7 mln yevro investitsiya jalb etilişi rejalaştirilgan. 18 ming gektar örmon va 123 ming gektar yaylov — jami 141 ming gektar yer tiklanadi. Bundan taşqari, tomçilab suğoriş tizimlari va qurğoqçilikka çidamli qişloq xöjaligi ekinlari navlarini joriy etiş, issiqxona quriş, 12 ming fermerga iqlim böyiça maslahatlar beriş hamda qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarining mahalliy banklar orqali kreditlarga kiriş imkoniyatini kengaytiriş nazarda tutilgan. Hisob-kitoblarga köra, iqlim xavflariga çidamliligi oşadigan odamlar soni 342 ming kişini taşkil etadi, ularning yarmisi — ayollar. Milliy hissa sifatida ajratilgan har bir yevro evaziga xalqaro hamkorlar mablağidan 24 yevrodan ortiq jalb etilişi kutilmoqda.
Özbekiston majburiyatlari
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov mamlakatning uç majburiyatini belgilab berdi. Birinçisi — dasturni tezkor işga tuşiriş: loyihani 2027-yilda boşlaş uçun milliy boşqaruv qömitasi va dasturni boşqariş guruhi tuziladi. Ikkinçisi — natijalar uçun milliy javobgarlik: erişilgan körsatkiçlar tumanlarning rivojlaniş rejalariga kiritiladi, qişloq va örmon xöjaligi hamda yerlardan foydalaniş masalalari böyiça idoralararo kengaş (AFOLU) dastur tugatilgandan keyin ham doimiy muvofiqlaştiruvçi organ sifatida faoliyatini davom ettiradi. Uçinçisi — amalga oşirişning şaffofligi: tiklangan maydonlar, fermerlar daromadining ösişi va aholi turmuş darajasidagi haqiqiy özgarişlar haqida oçiq hisobot beriş va’dalangan.
