Asosiy ma’lumotlar
- Andrey Melniçenkoning Sailing Yaçt A yaxtasi 2022-yil martidan buyon Triesteda turibdi; saqlaş kuniga deyarli $30 ming, yiliga taxminan $11 million turadi
- Marina di Carraradagi «Şeherazada» ekipajiga $15 milliondan ortiq mablağ sarflangan; kema Eduard Xudaynatovga boğlanmoqda, Navalniy jamoasi esa uni Putinga boğlagan edi
- Yevropa sudi 2025-yilda Italiyaning Melniçenkoning yaxtasini uşlab qoliş huquqini tasdiqladi; sanksiyalar bekor qilinsa, xarajatlarni egasi qoplaşi kerak
Milyonlab dollarlik xarajat talab etuvçi qöyib yuborilgan yaxtalar
Italiya allaqaçon törtinçi yil davomida sanksiyalar tufayli qölga olingan rossiyalik milliarderlarning haşamatli yaxtalarini boqib kelmoqda va ekipaj, qöriqlaş hamda texnik xizmat xarajatlari italyan soliq tölovçilari hisobidan qoplanmoqda — bu haqda CNN xabar beradi (bayon — Daryo.uz). Italiya qonunlariga köra, qölga olingan kemalarni iş holatida saqlaş majburiy hisoblanadi.
Sailing Yaçt A: yiliga $11 million
Andrey Melniçenkoga tegişli bölgan, qiymati $600 million bölgan Sailing Yaçt A yaxtasi 2022-yil martidan buyon Trieste portida qölga olingan holda turibdi — Ukrainada uruş boşlanganidan keyin sanksiyalar kiritilganda kema ta’mirda edi. Trieste meri Roberto Dipiazza sözlariga köra, 143 metrli kemaning saqlanişi kuniga deyarli $30 ming, yiliga esa taxminan $11 million turadi: bu mablağ 20 nafar ekipaj a’zosining maoşi, yoqilği, tozalaş, qöriqlaş va suğurtaga sarflanadi. Melniçenko qölga olinişga e’tiroz bildirib, kema uning xotinining trusti orqali Valla Sails kompaniyasiga tegişli ekanini ta’kidlagan edi, biroq 2025-yilda Yevropa sudi Italiyaning yaxtani uşlab qoliş huquqini tasdiqladi. Qonunga köra, sanksiyalar bekor qilinsa, kemanini qaytarib oliş uçun u xarajatlarni qoplaşi kerak. «Unga yangi yaxta sotib oliş bizga barça xarajatlarni qoplaşdan arzonroq tuşadi. Biz esa bu ulkan yaxta bilan qolib, yillar davomida unga pul tölab turişimiz mumkin», — dedi Dipiazza.
«Şeherazada» va boşqa kemalar
Byudjet uçun yana bir qimmatga tuşayotgan kema — Toskanadagi Marina di Carrara portidagi $700 millionlik «Şeherazada» yaxtasi. Xabar qilinişiça, u «Rosneft»ning sobiq rahbari Eduard Xudaynatovga tegişli, ammo Aleksey Navalniy jamoasi uni Vladimir Putinga boğlagan edi. Qölga olingan davrda Rossiya va Buyuk Britaniya fuqarolaridan iborat ekipajni saqlaşga $15 milliondan ortiq mablağ sarflangan. Şu yilning 28-avgustida yaxta texnik tekşiruv uçun 10 soatga konvoy ostida portdan çiqdi; bu çiqişni kim tölagani mas’ul kompaniya tomonidan oşkor qilinmadi. Bundan taşqari, Italiya Aleksey Mordaşovning Lady M yaxtasini Imperia portida saqlaşga taxminan $2 million sarflagan hamda Gennadiy Timçenkoga boğlanayotgan Lena yaxtasini ham uşlab turmoqda.
Boşqa davlatlar qanday harakat qilmoqda
Şunga öxşaş muammo Yevropaning boşqa davlatlarida ham mavjud: Germaniyada $800 millionlik Dilbar yaxtasi (ilgari Alişer Usmonovning singlisiga boğlangan edi), Fransiyada Igor Seçinga boğlanayotgan Amore Vero, Ispaniyada esa Viktor Vekselbergning Tango yaxtasi joylaşgan. Ba’zilarga qölga olingan kemalarni sotiş nasib etdi: Gibraltar Dmitriy Pumpyanskiyning Axioma yaxtasini $37,5 millionga sotdi, AQŞ esa Sulaymon Kerimovning Amadea kemasi bilan birga bir neçta kemani realizatsiya qildi. Çernogoriyada esa Andrey Guryevning Luminosity yaxtasi 2024-yilda buzilgan savdodan söng texnik xizmatsiz holda Tivat portida zang bosib yotibdi. Italiya boş vaziri Giorgia Meloni sanksiyalarni saqlab qoliş tarafdori bölib, ularni Moskva bilan bitim uçun yumşatişni xavfli qadam deb ataydi, biroq Dipiazza va boşqa mahalliy amaldorlar boşqalarning yaxtalarini saqlaş italyan soliq tölovçilari zimmasiga tuşmasligi kerak, deb hisoblaydi.



