Samarqandda jinoyatlardan zarar ko‘rgan bolalar uchun Barnahus modeli asosida «Najot» markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston prezidenti bolalarning ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon qabul qildi. Samarqandda islandiya Barnahus modeli asosida «Najot» markazi tashkil etiladi, bu yerda 20 oktyabrdan boshlab voyaga yetmagan jabrlanuvchilar bilan audio va video yozuv olish majburiy holda so‘roq va boshqa protsessual harakatlar o‘tkaziladi. Yozuvlarni bolani sudga chaqirmasdan sud jarayonida foydalanish mumkin bo‘ladi. 2027-yildan boshlab bunday bolalarga bepul yuridik yordam kafolatlanadi.
Otabek Yusupov