Google’ning Rossiya «qizi» ona kompaniyaga yuklatilgan deyarli 208 mln dollarlik jarimalarni to‘ladi
«Gugl» MChJ bankrotlik boshqaruvchisi sudga 20-sentabr holatiga ko‘ra kompaniya hisobiga 16,7 mlrd rubldan ortiq mablag‘ tushganini, ulardan taxminan 14,7 mlrd rubli amerikalik Google LLC’ning jarimalari hisobiga qonun ijrochilar tomonidan yozib olinganini ma’lum qildi. Umumiy to‘lovlar deyarli 16,8 mlrd rublga yetdi, RIA ma’lumotlariga ko‘ra esa Google’ning Rossiya oldidagi qarzi 2 undetsillion rublni tashkil etib, o‘sishda davom etmoqda.
Otabek Yusupov


