Yevropa narxlarni pasaytirish uchun zaxiralardan 42 million barrel neftni bozorga chiqaradi
Fransiya uch oy ichida 42 million barrel neft zaxirasini bozorga chiqarishini e’lon qildi, ularning yarmi dizel yoqilg‘isi. Bu «Katta yettilik»ning 100 million barrelga oid kelishuvining bir qismi. Parij, shuningdek, Ormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi kemalarning sug‘urta xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha ishlamoqda va Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan dizel yoqilg‘isi yetkazib berishiga erishdi.
Otabek Yusupov







