Avstraliyalik mahbus qamoqxonada Vegemite yeyish huquqi bo‘yicha sudni yutqazdi
Viktoriya shtati Oliy sudi o‘ldirgani uchun umrbod jazoga hukm etilgan 54 yoshli Andre Makeknining apellyatsiyasini rad etdi; u 2006-yildan buyon qamoqxonalarda amal qilayotgan Vegemite taqiqiga qarshi chiqqan edi. U taqiq uni «avstraliyalik sifatida o‘z madaniyatidan bahramand bo‘lish» huquqidan mahrum qiladi, deya ta’kidladi. Sudya Xarris qonun mahbuslarga madaniy ahamiyatga ega mahsulotlar berishni talab qilmasligini belgilab berdi.
Otabek Yusupov
