Toshkent markazida 25-oktabr Ichki ishlar vazirligining maxsus texnikasi va otliq kavaleriya namoyishi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Toshkent markazida xodimlar tarkibi, maxsus texnika, xizmat avtomobillari va otliq kavaleriya namoyishini o‘tkazadi. Tadbir ichki ishlar organlari tashkil topganining 35 yilligi hamda 25-oktabr nishonlanadigan Ichki ishlar organlari xodimlari kuniga bag‘ishlangan. Namoyish dronlar nazorati ostida o‘tadi, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun kirish erkin.
Otabek Yusupov
















