To‘qayev: Qozog‘iston Yevrosioning logistika markaziga aylanishning tarixiy imkoniyatiga ega
Xalqqa murojaatida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Xitoydan Yevropaga tashiladigan yuklarning qariyb 85 foizi mamlakat orqali o‘tishini va dengiz yo‘llaridagi zaiflik quruqlikdagi koridorlarning ahamiyatini oshirayotganini aytdi. U ikki AES qurilishi muddatlarini aytib o‘tgan, uranning strategik zaxirasini yaratishni taklif qilgan hamda yangi Fuqarolik kodeksini 2027-yil oxirigacha tayyorlash vazifasini qo‘ygan.
Otabek Yusupov
