«Tolibon» hukumatining Yaxshi ishlarga undash va yomon ishlardan qaytarish vazirligi to‘ylar va boshqa bayramlarda salyut hamda olovli shoularni butunlay taqiqladi. Taqiq pirotexnika ishlab chiqaruvchilar, importchilar va savdogarlarga ham tegishli; buzuvchilarga nisbatan jazo aniq ko‘rsatilmagan. Ilgari cheklovlar faqat ayrim shaharlarda va faqat tunda amal qilgan.
Pokiston va Afg‘oniston 2026-yil fevralidan buyon keskinlashuv davrasida: zarbalar, o‘zaro aybloklar va «Tehrik-e-Tolibon Pokiston» (TTP) masalasi bo‘yicha bahslar davom etmoqda. Ekspertlar inqiroz Islomobodning Kobuldagi ta’sirini zaiflashtirgani va Hindiston uchun imkoniyatlar ochgani fikrida, biroq Nyu-Deli va toliblar o‘rtasida strategik ittifoq bo‘lmasligi, savdo va geografik cheklovlar esa saqlanib qolishi haqida ogohlantiradi.
Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan YUNISEF Afg‘onistonda 20–24 yoshdagi ayollarning 28,7 foizi 18 yoshgacha turmushga chiqqanini, ayrim hududlarda esa bu ko‘rsatkich 50 foizga yetishini ma’lum qildi. Tashkilot erta nikohlarni 6-sinfdan keyin qizlarning ta’lim olishiga qo‘yilgan taqiq bilan bog‘lab, «Tolibon» hokimiyatini maktablarni ochishga chaqirdi.
Pokiston armiyasi 23-sentabr kuni Xaybar Paxtunxoa viloyatida, Afg‘oniston chegarasidan 1000 metrdan kam masofada kamida sakkizta qanotli dronni urib tushirganini ma‘lum qildi. Shu yil fevralda boshlangan mojada Tolibon FPV dronlar va yuzlab kilometrlarga ucha olishi mumkin bo‘lgan qanotli qamikidronlardan foydalanib kelmoqda. Pokiston Tashqi ishlar vazirligi oy boshidan beri Afg‘onistondan uchirilgan 23 ta dron sabab Tolibonga protest notasini topshirgani, 2026-yil 13-martda esa Islomobod yaqinida ikki dron urib tushirilgani aytilgan. Bir paytlar yaqin ittiqdosh bo‘lgan tomonlar, Pokiston Afg‘onistondagi TTP pozitsiyalariga zarba berganidan keyin ochiq urushga kirishdi. Mutaxassis Mark Grozelning aytishicha, bu dronlar harbiy jihatdan samarasiz va ushlash oson, ammo psixologik ta’siri kuchli; ularni yasash ham, komponentlarni Alibaba kabi platformalardan sotib olish ham endi murakkab emas.