Transport vazirligi 2030-yilgacha yo‘lovchi tashishlari strategiyasini taklif qildi: yagona platforma, elektron chiptalarga chegirmalar va naqd puldan voz kechish
Transport vazirligi 2030-yilgacha yo‘lovchi tashishlarini rivojlantirish strategiyasi loyihasini muhokamalar portali (SOVAZ)ga joylashtirdi. Loyihada 2028-yilda «Bir yo‘l» degan yagona raqamli platformani ishga tushirish, 2027–2029-yillarda elektron chiptalarga kamida 20 foiz chegirma berish hamda 2030-yildan boshlab avtobus va shahar atrofi tashishlarini naqdsiz to‘lovga o‘tkazish nazarda tutilgan. Muhokama 11-noyabrgacha davom etadi.
Otabek Yusupov