Sheremetyevo va Jukovskiy 862 dronlik hujumdan keyin cheklovlarsiz ishini qayta boshladi
Rosaviatsiya Sheremetyevo va Jukovskiy aeroportlarida samolyotlarni qabul qilish va uchirishga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Cheklovlar BPLAlarning kuchli hujumi ortidan kiritilgan edi: Life.ru ma’lumotlariga ko‘ra, 29-oktyabr kechquruni va 30-oktyabrga o‘tar kechasi Moskva atrofiga 862 ta dron yo‘nalgan, ulardan 170 tasi Moskvaga yaqinlashganda urib tushirilgan.
Aziz Karimov




