Isroil arab partiyalari Knesset saylovlarida rekord 19 mandat oldi
27-oktabrdagi parlament saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra «Raam» va «Umumiy ro‘yxat» birlashgan ro‘yxatlari 783 mingdan ortiq ovoz (15,3 foiz) to‘pladi, bu 120 o‘rinning taxminan 19 tasiga to‘g‘ri keladi — arab partiyalari uchun tarixiy rekord. Arab fuqarolari orasida saylovchilar faolligi, baholashlarga ko‘ra, 80 foizga yaqin. Hozircha hech bir blok 61 mandatlik ko‘pchilikka ega emas.
Otabek Yusupov



